Kuchli yomgʻir oqibati: Toshkentda onkologiya markazini suv bosdi

1 daqiqa o'qish434
Kuchli yomgʻir oqibati: Toshkentda onkologiya markazini suv bosdi

Kuchli yomgʻir oqibati: Toshkentda onkologiya markazini suv bosdi

Toshkent shahrida kuchli yogʻingarchilik oqibatida favqulodda holat kuzatildi. 3 may kuni poytaxtning Chilonzor tumanida joylashgan Bolalar onkologiya va gematologiya markazi hududiga yomgʻir suvlari oqib kirgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumotiga koʻra, hodisa haqida xabar olingach, mutasaddilar zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan va vaziyat toʻliq nazoratga olingan.

Hududda toʻplangan suvni bartaraf etish ishlariga maxsus texnikalar jalb qilingan. Shuningdek, markaz xodimlari ham tozalash ishlarida faol ishtirok etgan.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida soat 21:00 ga kelib, suv bosishi oqibatlari toʻliq bartaraf etilgan.

Ayni paytda markaz faoliyati tiklangan boʻlib, mutaxassislar bunday holatlarning oldini olish boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrish zarurligini taʼkidlamoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?