Namanganda noqonuniy dorixona faoliyati fosh etildi

1 daqiqa o'qish128
Namanganda noqonuniy dorixona faoliyati fosh etildi

Namangan viloyatida tegishli hujjatlarsiz faoliyat yuritgan dorixona aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Norin tumani boʻlimi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi. Unda fuqaro S.A. tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtmasdan dorixona faoliyati bilan shugʻullangani maʼlum boʻldi.

Maʼlum qilinishicha, u “Boʻston” MFY hududida joylashgan dorixonada sifatini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan dori vositalarini sotgan.

Tekshiruv davomida umumiy qiymati 140,9 million soʻm boʻlgan 1 197 turdagi 29 289 dona dori va tibbiy buyumlar musodara qilingan. Ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi asosida jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda mazkur ish boʻyicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?