Shifokor nazoratisiz osma ukol fojiaga aylandi: Namanganda 39 yoshli ayolning vafoti

1 daqiqa o'qish796
Shifokor nazoratisiz osma ukol fojiaga aylandi: Namanganda 39 yoshli ayolning vafoti

Namangan viloyatida achinarli voqea yuz berdi — osma ukol olish jarayoni 39 yoshli ayolning oʻlimi bilan yakunlandi. Hodisa Yangiqoʻrgʻon tumanidagi oilaviy shifokorlik punktida sodir boʻlgani maʼlum qilindi.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, marhuma avval davlat tomonidan bepul taqdim etilgan qon koʻpaytiruvchi dorilarni qabul qilib kelgan. U hodisadan bir necha kun oldin “Neofer” preparati kursini tugatgan. Biroq 28 mart kuni yana tibbiyot muassasasiga murojaat qilib, tanasida ogʻriq borligini aytgan va uyida saqlab kelgan “Ferlek” dorisini qoʻshimcha ravishda qoʻllashni iltimos qilgan.

Hamshiraning aytishicha, u bemorga dorini faqat shifokor nazoratida olish kerakligini tushuntirgan. Ammo ayol moliyaviy qiyinchiliklarni vaj qilib, yana shu joyda ukol qoʻyib berishni soʻragan. Oqibatda hamshira uning iltimosiga koʻnib, dori vositasini ulab bergan.

Afsuski, muolajadan soʻng bemor ahvoli keskin yomonlashgan va uni saqlab qolishning iloji boʻlmagan. Yaqinlari esa ayol sogʻlom holda tibbiyot muassasasiga borganini taʼkidlab, voqeadan jiddiy xavotir bildirmoqda.

Shuningdek, mazkur tibbiyot punktida sharoitlar talab darajasida emasligi ham aytilmoqda. Guvohlar soʻzlariga koʻra, muassasada hatto oddiy tibbiy jihozlar yetishmagan, hodisa kuni esa shifokor boʻlmagan.

Holat yuzasidan hamshiraga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda va ish prokuratura nazoratiga olingan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?