18:00 / 31.01.2023
421

Davlat idorasiga ham «piar» kerak...

Davlat idorasiga ham «piar» kerak...
AzonTV da efirga berilgan «Fikrat» tahliliy ko‘rsatuvining navbatdagi soni “Davlatga “piar” kerakmi?” degan mavzuga bag‘ishlandi.

Ma’lumki, davlat ham tirik organizmga o‘xshaydi. O‘ziga o‘xshagan boshqa tuzilmalar bilan munosabatga kirishadi, ular oldida obro‘ qozonishga harakat qiladi. Xuddi shunga o‘xshab, yirik tadbirkorlik subyektlari va davlat idoralari ham mijozlar yoki foydalanuvchilarning obro‘sini qozonish, o‘zining ijobiy imijini saqlab qolish maqsadida “piar”dan foydalanishga intiladi.

Biznes tizimlarniku, tushunish mumkin. Ular daromadlar oqimini ko‘paytirish, mijozlar hurmatini qozonish, jozibadorlik hamda raqobatbardoshlikni kuchaytirishni maqsad qiladi. Lekin davlat tashkilotlariga “piar” qanchalik zarur?

Bu savolga ko‘rsatuvga taklif etilgan ekspert, Iqtisodiyot assambleyasi raisi o‘rinbosari Bobur Rasulev javob berdi:

- Avvalo “piar” (PR) so‘ziga to‘xtalsak, u inglizcha Public Relations, ya’ni xalq bilan muloqot, degan ma’noni anglatadi. Ya’ni, shaxs, kompaniya va davlat idoralarining xalq bilan o‘zaro muloqotini anglatuvchi tushuncha. Afsus aksariyat aholi, ayniqsa davlat tashkilotlarining quyi tabaqasida ishlaydigan xodimlar “piar”ni yaxshi anglamaydi, hatto salbiy tushunadi. Ular “piar” deganda “qora piar”ni, yoki o‘zini maqtashini tushunishadi. Bu mutlaqo noto‘g‘ri.

Chunki tadbirkorlik subyektlari, masalan SAMSUNG kabi yirik kompaniyalar o‘z mahsulot va xizmatlarini reklama qilishdan tashqari, o‘z faoliyati, ijobiy ishlari haqida aholi orasida ijobiy tushuncha yaratish maqsadida ma’lumot berib boradi. Aytaylik, o‘z hisobidan bog‘cha qurib beradi yoki nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yordam dasturlarini yo‘lga qo‘yishadi. Bu albatta ijobiy holat.

Bu misol xususiy sektorga tegishli edi. Davlat tashkilotlariga kelsak, bu borada har xil tashkilotlarda har xil yondoshuv kuzatiladi. Masalan, turizm tashkilotlarini olsak, bu sohada “piar” judayam muhim mening nazarimda. Chunki O‘zbekistonga qancha ko‘p sayyoh kelsa, shuncha ko‘p valyuta oqimi kiradi. Bundan tashqari, sayyohlarga xizmat ko‘rsatish infrastrukturasi rivojlanib, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi.

Bu O‘zbekiston iqtisodiyotiga katta foyda keltiradi. Faqat bu “piar” qanchalik to‘g‘ri tashkil etilmoqda, qanchalik malakali amalga oshirilyapti, degan savolga javoblar tayyor emas, deb o‘ylayman. “Target” degan tushuncha bor, bilasizlar. Bu - targ‘ibot yo‘naltirilsa samarali natija beradigan aholi qatlamini tushuntiruvchi atama.

Masalan, O‘zbekiston aholisi uchun turistik salohiyatimizni “piar” qilish shart emas. Lekin, masalan, Germaniyadagi keksalar orasida O‘zbekiston turistik salohiyati “piar” qilinsa, mamlakatimizga sayyohlar oqimi ko‘payadi deb o‘ylayman. Chunki yoshlar ish bilan band, vaqti bo‘lmaydi. Asosan katta yoshli odamlar uchun targ‘ib etish foydali bo‘ladi.

Qolaversa, bu qatlam asosan qaysi manbalardan ma’lumot olishini ham bilish kerak. Ijtimoiy tarmoqmi, telekanallarmi, buni aniqlab shular orqali “piar” qilish kerak, dedi Iqtisodiyot assambleyasi rais o‘rinbosari Bobur Rasulev.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat