date

Kanadada yovvoyi bo‘ri baliqchi to‘ridan foydalanib baliq ovladi (video)

Kanadada yovvoyi bo‘ri baliqchi to‘ridan foydalanib baliq ovladi (video)

Kanadada tabiatshunoslar kutilmagan manzaraga duch keldi — tarixda ilk bor yovvoyi bo‘ri inson yaratgan asbob yordamida baliq ovlayotgani videoga qayd etildi. Yaqin kuzatuvlar shuni ko‘rsatdiki, Britaniya Kolumbiyasida yashovchi yosh urg‘ochi bo‘ri tishlari bilan baliqchilik to‘rini tortib chiqarishni “o‘zlashtirib olgan” va bu usuldan doimiy ravishda foydalanyapti.

Hodisa haqidagi ma’lumotlar NBC News tomonidan e’lon qilindi. Xeyltsuk jamoati aholisi to‘rlaridan baliqlar izohsiz g‘oyib bo‘layotganini ayta boshlagandan so‘ng, olimlar maxsus kameralar o‘rnatdi. Kadrlar qayd etgan manzara esa barchani hayratga soldi — bo‘ri tuzilmani diqqat bilan o‘rganib, to‘rning qay yerdan ochilishini tushunib, chiroyli harakat bilan uni sohilga tortib chiqarayotgani aniq ko‘rinadi.

Bunga qadar bunday aql va tahlil qobiliyati faqat qo‘riqxonalarda yoki maxsus markazlarda saqlanadigan bo‘rilarda kuzatilgan edi. Tabiat qo‘ynida yashovchi bo‘ri tomonidan inson asbobi bunday samarali qo‘llanishi esa ilk marta rasman hujjatlashtirildi.

Olimlar bu holatni yovvoyi hayvonlar hayotiy sharoitga moslashishda hayratlanarli darajada aql ishlatishiga yorqin misol sifatida baholamoqda. Ularga ko‘ra, bu faqat tasodifiy harakat emas — bo‘ri vaziyatni tahlil qilgan, mexanizmni tushungan va natijada baliq olishning yangi usulini “ijod qilgan”.

Tadqiqotchilar aytishicha, bu holat kelgusida yovvoyi hayvonlarning intellektual imkoniyatlari haqidagi qarashlarni yanada kengaytiradi, chunki tabiatda yashovchi jonzotlar inson yaratgan texnologiyalardan ham o‘z ehtiyoji uchun foydalana olayotgani endi isbotlangan faktga aylandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Kanadada yovvoyi bo‘ri baliqchi to‘ridan foydalanib baliq ovladi (video)