Paluka: "Inter" bu safar favorit

Paluka: "Inter" bu safar favorit
Italiya chempionatining navbatdagi turida asosiy uchrashuv "Milan" va "Inter" jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi. "Inter"ning sobiq darvozaboni Janluka Paluka bu uchrashuvda Kristian Kivu shogirdlarini favorit sifatida ko'rmoqda.

"O'ylaymanki, o'yin teng kurashlar ostida o'tadi va ko'p gol uriladi. Men "Inter"ni favorit deb bilaman.

Dastlab Kivuga ishonch bildirmagandim, bu tanlovni unchalik tushunmagan edim. Ammo hozirda fikrimni o'zgartirdim", - deya Palukaning so'zlarini keltiradi fcinter1908.it nashri.

Hozirda "Milan" A Seriya turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda, "Inter" esa peshqadamlikni saqlab turibdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar