
O‘zbekistonda psixologlar o‘rtacha 9 million so‘m maosh olishni xohlamoqda, bu o‘tgan yilga nisbatan 50% ko‘proq. Shunga qaramay, ish beruvchilar taklif qilayotgan o‘rtacha maosh 8 million so‘mni tashkil etadi, bu ham 60% o‘sishni ko‘rsatadi.
2025 yilning yanvaridan oktyabr oyigacha hh.uz platformasida psixologlarning maoshga bo‘lgan kutilmalari hamda kasbdagi raqobat darajasi sezilarli oshdi. Platforma tahliliga ko‘ra, nomzodlarning o‘rtacha kutilayotgan maoshi 6 million so‘mdan 9 million so‘mga ko‘tarilgan, rezyumelar soni esa 17,2% ga oshgan.
Shu davrda ish beruvchilar tomonidan taklif qilinayotgan o‘rtacha maosh 5 million so‘mdan 8 million so‘mga ko‘tarilib, 60% o‘sishni qayd etdi. Vakansiyalar soni esa 20,4% ga oshdi, bu esa talab ortayotganini ko‘rsatadi, ammo nomzodlar soni o‘sish sur’ati hali yuqoriroq.
Psixologlar, asosan, poytaxtda jamlangan. Ish beruvchilar ham ko‘proq Toshkentda faol.
2025 yilda raqobat indeksi 6,1 ni tashkil etdi, bu o‘tgan yilgi 5,6 ko‘rsatkichdan yuqoridir. Bu bir vakansiyaga o‘rtacha olti nomzod to‘g‘ri kelishini anglatadi.
Shu tariqa, bozor psixologlar uchun asta-sekin raqobatbardosh bo‘lmoqda. Ilgari hh.uz shuni aniqlagan edi: xodimlarning 49% barqarorlikni tanlasa, 39% moslashuvchan ish uslubini afzal ko‘radi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.