Donnarumma: APLga moslashish oson kechmadi

Manchester Siti darvozaboni Janluiji Donnarumma Angliyada oʻtkazgan dastlabki oylari haqida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi. "Shaharliklar" 26 yoshli posboni PSJdan sentyabr oyining boshida sotib olishdi.
"Men boshidanoq Premer-ligada bu qadar foydali boʻlishimni kutmagandim. Lekin jamoadoshlarim menga juda katta yordam berishdi – ular meni ajoyib qabul qilishdi.
Ayniqsa, jamoadoshlarimning yordami birinchi oʻyinda [Manchester Yunaytedga qarshi], ya'ni Angliyaga kelganimning darhol keyingi kunida oʻtkazilgan bahsda juda muhim boʻldi. Birinchi mashgʻulotdayoq oʻzimni ikki yildan beri jamoada boʻlgandek his qildim.
APLda butunlay boshqacha sharoitlarga duch keldim: juda intensiv futbol, koʻp yugurish talab qilinadi. Moslashishimga toʻgʻri keldi," – deya Donnarummaning soʻzlarini keltiradi City Xtra.
Italiyalik posbon "Manchester Siti" safida 12 ta oʻyin oʻtkazib, bor-yoʻgʻi 7 ta gol oʻtkazib yuborgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing