date

Og‘ir jinoyat sodir etgan shaxs Polshada ushlanib, O‘zbekistonga olib kelindi

Og‘ir jinoyat sodir etgan shaxs Polshada ushlanib, O‘zbekistonga olib kelindi

Xalqaro hamkorlik doirasida olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida og‘ir turdagi jinoyatni sodir etgan va Polsha hududida yashirinib yurgan shaxs O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi hamda O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi o‘rtasidagi hamkorlik tufayli qidiruvda bo‘lgan shaxs aniqlanib, qo‘lga olingan. Mas’ul idoralar tomonidan olib borilgan muvofiqlashtirilgan tezkor ishlar jinoyatchining joyini aniqlash va uni qonun doirasida ushlash imkonini bergan.

Qayd etilishicha, ushbu shaxs xalqaro shartnomalar va belgilangan huquqiy tartiblar asosida O‘zbekiston Respublikasiga deportatsiya qilingan. Endi u sodir etgan jinoyati uchun milliy qonunchilikka muvofiq ravishda javobgarlikka tortiladi.

Rasmiylar ta’kidlashicha, bunday natijalar O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlarining xorijiy davlatlar bilan samarali hamkorligi, axborot almashinuvi va qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan izchil ishlari samarasidir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Og‘ir jinoyat sodir etgan shaxs Polshada ushlanib, O‘zbekistonga olib kelindi