Toshkentda sud qaroriga norozi erkak daraxtga chiqib oldi

Bugun, 1 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda sud qarorlaridan norozi erkak Oliy sud binosi oldidan daraxtga chiqib olgani haqida xabar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Oliy sud rasmiy bayonot berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 30 mart kuni fuqaro A. Ch. (1979 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan) Oliy sud binosi yaqinida daraxtga chiqib, o‘z jinoyat ishi bo‘yicha chiqarilgan sud qarorlariga norozilik bildirgan.
Fuqaro pastga tushirilgan, uning salomatligi tekshirilgan va jarohatlari yo‘qligi aniqlangan. Keyinchalik A.Ch. Oliy sud raisi Baxtiyor Islomov tomonidan qabul qilinib, uning shikoyati rasmiy tartibda ko‘rib chiqish uchun qayd qilingan.
Ma’lumot uchun, Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining 2020 yil 5 oktyabrdagi hukmiga ko‘ra, A.Ch. Jinoyat kodeksining 184-moddasi (soliq yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) 3-qismi va Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi (reabilitatsiya asoslari) 2-bandiga muvofiq oqlangan va Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi bilan 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Birinchi instansiya sudi hukmi yuqori sudlarda ham ko‘rib chiqilgan va o‘zgarishsiz qoldirilgan. Shuningdek, 2025 yil 29 noyabr kuni Oliy sud raisi tomonidan qabul qilingan qarorda A.Ch. sud qarorlarini o‘zgartirish uchun asoslar yetarli emasligi ma’lum qilingan.
Oliy sud bayonotida ta’kidlanishicha, fuqarolarning sud himoyasidan foydalanish huquqi qonun bilan kafolatlangan. Ular Oliy sudga belgilangan tartibda erkin va cheklovsiz murojaat qilishlari mumkin. Shu bois, noodatiy yoki xavfli harakatlar orqali murojaat qilish hech qanday foyda bermaydi.
Aslida, Oliy sudga murojaat qilish uchun daraxtga chiqish yoki shunga o‘xshash harakatlar talab qilinmaydi. Barcha masalalar qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan rasmiy usullar orqali hal qilinishi kerak.
Sud ahli fuqarolarga huquqiy madaniyatni oshirish, murojaat qilishning qonuniy mexanizmlaridan to‘g‘ri foydalanish va o‘z huquqlarini rasmiy yo‘llar bilan himoya qilishni tavsiya qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 30 mart kuni fuqaro A. Ch. (1979 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan) Oliy sud binosi yaqinida daraxtga chiqib, o‘z jinoyat ishi bo‘yicha chiqarilgan sud qarorlariga norozilik bildirgan.
Fuqaro pastga tushirilgan, uning salomatligi tekshirilgan va jarohatlari yo‘qligi aniqlangan. Keyinchalik A.Ch. Oliy sud raisi Baxtiyor Islomov tomonidan qabul qilinib, uning shikoyati rasmiy tartibda ko‘rib chiqish uchun qayd qilingan.
Ma’lumot uchun, Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining 2020 yil 5 oktyabrdagi hukmiga ko‘ra, A.Ch. Jinoyat kodeksining 184-moddasi (soliq yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) 3-qismi va Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi (reabilitatsiya asoslari) 2-bandiga muvofiq oqlangan va Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi bilan 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Birinchi instansiya sudi hukmi yuqori sudlarda ham ko‘rib chiqilgan va o‘zgarishsiz qoldirilgan. Shuningdek, 2025 yil 29 noyabr kuni Oliy sud raisi tomonidan qabul qilingan qarorda A.Ch. sud qarorlarini o‘zgartirish uchun asoslar yetarli emasligi ma’lum qilingan.
Oliy sud bayonotida ta’kidlanishicha, fuqarolarning sud himoyasidan foydalanish huquqi qonun bilan kafolatlangan. Ular Oliy sudga belgilangan tartibda erkin va cheklovsiz murojaat qilishlari mumkin. Shu bois, noodatiy yoki xavfli harakatlar orqali murojaat qilish hech qanday foyda bermaydi.
Aslida, Oliy sudga murojaat qilish uchun daraxtga chiqish yoki shunga o‘xshash harakatlar talab qilinmaydi. Barcha masalalar qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan rasmiy usullar orqali hal qilinishi kerak.
Sud ahli fuqarolarga huquqiy madaniyatni oshirish, murojaat qilishning qonuniy mexanizmlaridan to‘g‘ri foydalanish va o‘z huquqlarini rasmiy yo‘llar bilan himoya qilishni tavsiya qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing