date

Xitoy televizor bozorida xorijiy brendlar ulushi keskin kamayib bormoqda

Xitoy televizor bozorida xorijiy brendlar ulushi keskin kamayib bormoqda

Luotu Technology kompaniyasining 2026-yil aprel oyi uchun eʼlon qilgan hisobotiga koʻra, Xitoyda televizorlar savdosi ketma-ket 13-oy davomida pasayishda davom etmoqda. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan yetkazib berilgan mahsulotlar hajmi 2,22 million donani tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 6,1 foizga qisqardi. Onlayn savdolarda 20,9 foizlik pasayish kuzatilgan boʻlsa-da, xaridorlar qimmatbaho va yuqori sifatli modellarga koʻproq qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Xitoy bozorini asosan Hisense, TCL, Skyworth, Xiaomi, Changhong, Haier, Konka va Huawei kabi sakkizta yirik brend nazorat qilmoqda. Ularning umumiy ulushi 95,3 foizdan oshadi. Hisense, TCL va Skyworth bozorda yetakchilik qilib, umumiy ulushning 60 foizdan ortigʻini egallagan. Xiaomi va uning Redmi subbrendi toʻrtinchi oʻrinni band etgan boʻlsa, Huawei kompaniyasining koʻrsatkichlari ketma-ket ikki oy davomida 30 foizdan koʻproqqa pasaygan.

Xorijiy brendlar uchun vaziyat yanada murakkab tus olmoqda. Samsung, Sony, Sharp va Philips kompaniyalarining umumiy bozor ulushi 3 foizdan ham kamayib ketdi. Ularning savdo hajmi oʻtgan yilga nisbatan 20 foizga tushgan. Samsung kompaniyasining Xitoy bozoridan chiqib ketishi hamda Sony va TCL oʻrtasidagi hamkorlik xalqaro brendlarning ushbu mintaqada oʻz oʻrnini yoʻqotayotganidan dalolat beradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Xitoy televizor bozorida xorijiy brendlar ulushi keskin kamayib bormoqda