date

Buyuk Britaniyada dunyodagi eng yirik dengiz shamol elektr stansiyasi qurilmoqda

Buyuk Britaniyada dunyodagi eng yirik dengiz shamol elektr stansiyasi qurilmoqda

Daniya kompaniyasi Cadeler Shimoliy dengizda joylashgan Hornsea 3 dengiz shamol elektr stansiyasi uchun birinchi poydevorni o‘rnatganini ma’lum qildi. Orsted energetika kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha 2027-yilda ishga tushgach, dunyodagi eng yirik ofshor shamol parkiga aylanadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Stansiya Buyuk Britaniya qirg‘oqlaridan, aniqrog‘i Norfolkdan 120 kilometr uzoqlikda barpo etilmoqda. Loyihaning umumiy quvvati 2,9 gigavattni tashkil etadi, bu esa 3 milliondan ortiq britaniyalik xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlashga yetarli bo‘ladi.

Quruvchilar allaqachon birinchi shamol turbinasi uchun asosiy poydevorni o‘rnatib bo‘lishdi. Dengiz tubiga qoqiladigan ulkan po‘lat qoziqlar turbinalar uchun tayanch vazifasini bajaradi. Loyiha doirasida jami 197 ta shunday konstruksiyani o‘rnatish rejalashtirilgan.

Ushbu ishlar uchun maxsus Wind Ally kemasi va boshqa texnik vositalardan foydalanilmoqda. Hornsea 3 Buyuk Britaniyaning yirik shamol energetikasi klasteri bo‘lgan Hornsea Zone tarkibiga kiradi. Mazkur loyiha mamlakatning «yashil» energetikaga o‘tishi va qazib olinadigan yoqilg‘iga qaramlikni kamaytirishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Iqtisodiy nuqtai nazardan, loyiha qurilish davrida 5000 ga yaqin ish o‘rnini yaratishi kutilmoqda. Stansiya to‘liq ishga tushganidan so‘ng esa infratuzilmaga xizmat ko‘rsatish uchun yana mingdan ortiq doimiy ish o‘rni ochiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Buyuk Britaniyada dunyodagi eng yirik dengiz shamol elektr stansiyasi qurilmoqda