InfinBANK xodimi mijozni oʻldirib, jasadni kanалга tashladi

Ijtimoiy tarmoqlarda InfinBANK xodimi tomonidan mijozini oʻldirib, uning jasadini kanалга tashlab yuborgani haqida turli xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landi.
Uning ma’lumotlariga koʻra, 2026 yil 31 mart kuni soat 08:14 da Oʻzbekiston tumani, “Afgʻon” MFY, Abdurahmon Jomiy qishlogʻida yashovchi X.Z. viloyat IIB Navbatchilik qismiga murojaat qilib, jiyani E.S. 30 mart kuni Qo‘qon shahridagi “Infin bank” ATB Qo‘qon filialiга shartnoma tuzish uchun borib, qaytib kelmaganini ma’lum qilgan.
Hodisa joyi tezkor-tergov guruhi tomonidan mutaxassislar ishtirokida koʻzdan kechirildi va barcha tegishli protsessual hujjatlar rasmiylashtirildi.
Tekshiruv davomida “Infin bank” ATB Qo‘qon filiali kredit boʻlimi xodimi A.T. iqrorlik koʻrsatdi. Uning aytishicha, S.E. aksiya doirasida avtomashina uchun kredit olish maqsadida filialga kelgan, filialda tortishuv yuz bergan va soat 13:00 larda u bilan boʻlib, so‘ng Tracker rusumli avtomashina bilan “Taraqqiyot” MFY hududiga borib, janjallashgan. Janjal paytida A.T. oshxona pichoği bilan S.E.ning boʻyin sohasiga bir necha marotaba urib, uni qasddan oʻldirgan.
S.E.ning jasadi avtomashina ichida qoldirilgan, A.T. ishdan so‘ng uni kanalda tashlab yuborgan. U avtomashinasini Katta Fargʻona kanali, “Toʻlash” mahallasiga olib borib, jasadni suvga tashlagan va qonli pichoğ va poligonni yo‘l boʻyidagi chakalakzorga tashlab yuborgan.
Hozirda Farg‘ona viloyati FVV mutaxassislari ishtirokida jasadni qidirish va topish ishlari olib borilmoqda.
Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan A.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam oʻldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va u Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!