Virgin Galactic 2027-yilda suborbital parvozlarni boshlash rejasini tasdiqladi

Virgin Galactic kompaniyasi o‘zining yangi avlod suborbital kosmik kemalarini ishlab chiqarish grafigiga muvofiq ish olib borayotganini ma’lum qildi. Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, birinchi SpaceShip apparati yig‘ilishning yakuniy bosqichida bo‘lib, u tez orada sinovlar uchun Nyu-Meksikodagi Spaceport America kosmodromiga yetkaziladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Bosh direktor Maykl Kolgleyzer parvozlar jadvali o‘zgarmaganini tasdiqladi: uchinchi chorakda parvoz sinovlari, to‘rtinchi chorakda esa kosmik parvozlar boshlanishi rejalashtirilgan. Hozirda 650 nafar mijoz o‘z parvoz sanalari haqida xabardor qilingan bo‘lib, tijoriy reyslar 2027-yil va 2028-yilning birinchi yarmiga mo‘ljallangan.
Kompaniya 2027-yil yanvaridan boshlab oyiga to‘rtta, keyinchalik esa sakkiztagacha parvozni amalga oshirishni ko‘zlamoqda. Ikkinchi SpaceShip apparati ham ishlab chiqarish jarayonida bo‘lib, u parvozlar chastotasini oshirishga xizmat qiladi. Hozirda chiptalar narxi 750 ming dollarni tashkil etadi va 20 dan ortiq mamlakatdan mijozlar qiziqish bildirmoqda.
Moliyaviy hisobotlarga ko‘ra, kompaniya birinchi chorakda 65 million dollar zarar ko‘rgan bo‘lsa-da, mavjud mablag‘lar tijoriy parvozlar boshlanguniga qadar faoliyatni davom ettirish uchun yetarli. Shuningdek, Virgin Galactic ishlab chiqarish infratuzilmasini, jumladan, gibrid raketa dvigatellari liniyasini kengaytirish orqali xarajatlarni optimallashtirishni rejalashtirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!