date

Toyota RAV4 pikap ko‘rinishida ishlab chiqarilishi mumkin

Toyota RAV4 pikap ko‘rinishida ishlab chiqarilishi mumkin

Kompakt pikaplar segmenti, xususan Ford Maverick modeli muvaffaqiyatidan so‘ng, Toyota kompaniyasi ham ushbu yo‘nalishda yangi loyihani ko‘rib chiqmoqda. Toyota’ning Shimoliy Amerika bo‘linmasi rahbariyati RAV4 bazasida yaratiladigan pikap istiqbolli loyiha ekanligini va dilerlar ushbu modelni kutayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

AQSh bozorida Ford Maverick savdo ko‘rsatkichlari bo‘yicha katta muvaffaqiyatga erishdi va bir yil ichida 155 mingdan ortiq nusxada sotildi. Shu bilan birga, Hyundai Santa Cruz kabi raqobatchilar xuddi shunday natijani qayd eta olmayapti va hatto bozorni muddatidan oldin tark etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Agar Toyota ushbu loyihani amalga oshirsa, yangi pikap RAV4 modelidagi gibrid dvigatellar bilan jihozlanishi kutilmoqda. Hozirgi kunda RAV4’ning bazaviy gibrid tizimi 236 ot kuchiga ega, plagin-gibrid versiyasi esa 324 ot kuchini taqdim etadi va elektr energiyasida 84 kilometrgacha masofani bosib o‘ta oladi.

Ushbu texnik ko‘rsatkichlar bo‘lajak pikapni Ford Maverick’dan ham kuchliroq, ham tejamkorroq qilishi mumkin. Biroq, Toyota vakillari loyihani ishlab chiqish uchun vaqt talab etilishini ta’kidlab, modelning aniq taqdimot sanasini hozircha ochiqlamadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Toyota RAV4 pikap ko‘rinishida ishlab chiqarilishi mumkin