date

Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan erkak qamoqqa olindi

Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan erkak qamoqqa olindi

Toshkent shahrida mast holatda avtomobil boshqarib, post-patrul xizmati (PPX) xodimiga musht tushirgan erkak protsessual tartibda ushlangan edi.

Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Jinoyat ishi doirasida ayblanuvchi sifatida jalb qilingan B. P. (1990-yilda tug‘ilgan)ga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Ushbu ajrim Yashnobod tuman sudida chiqarilgan bo‘lib, 03.04.2026-yilda Toshkent shahar sudi apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqildi.

Sud jarayonida birinchi instansiya qarori o‘zgartirilmay qoldi, ayblanuvchining advokati keltirgan apellyatsiya shikoyati esa qanoatlantirilmagan.

Shu bilan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 497-34-moddasiga muvofiq, apellyatsiya instansiyasi sudining mazkur ajrimi yakuniy hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan erkak qamoqqa olindi