85 yoshli kuyovning to‘yi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda 85 yoshli otaxonning to‘y marosimi aks etgan videolar keng tarqalmoqda. E’tiborlisi, marosim zamonaviy uslubda — “love story” formatida suratga olingan bo‘lib, bu holat ko‘pchilik foydalanuvchilarning diqqatini tortgan.
Videolarda to‘y jarayoni dabdabali va professional tarzda tasvirga olingani, maxsus sahnalashtirilgan kadrlar esa uni yanada qiziqarli qilganini ko‘rish mumkin. Eng ko‘p muhokama qilingan jihatlardan biri — kuyov otaxonning o‘ziga xos did bilan kiyinishi va e’tibori bo‘lib, bu hatto yosh kuyovlarda ham kam uchraydigan holat ekani ta’kidlanmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar ushbu voqeaga iliq munosabat bildirib, ularga baxt, sog‘liq va uzoq umr tilashmoqda. Ayrimlar esa bu holatni “yosh sevgi uchun to‘siq emas” degan fikr bilan izohlamoqda.
