Samsung Galaxy Tab S12 MediaTek Dimensity 9500 protsessori bilan chiqishi mumkin

Android Authority nashri Samsung AI Core ilovasida MediaTek Dimensity 9500 platformasiga oid maʼlumotlarni aniqladi. Ushbu chip MT6993 katalog raqami ostida qayd etilgan boʻlib, u kompaniyaning kelgusi flagman qurilmalarida qoʻllanishi kutilmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Garchi ilovada aniq model nomi koʻrsatilmagan boʻlsa-da, ekspertlar ushbu protsessor Galaxy Tab S12 planshetlarida oʻrnatilishini taxmin qilishmoqda. Samsung avvalroq Galaxy Tab S10 va Galaxy Tab S11 modellarida ham MediaTekʼning yuqori unumdor chiplaridan foydalangan edi.
AI Core ilovasida topilgan maʼlumotlarga koʻra, Dimensity 9500 sunʼiy intellekt funksiyalarini qoʻllab-quvvatlashga moʻljallangan. Bu platforma oʻzining yuqori hisoblash quvvati bilan ajralib turadi.
Tahlilchilarning fikricha, Dimensity 9500 protsessorining CPU unumdorligi Snapdragon 8 Elite Gen 5 darajasiga yaqinlashadi. Bu esa Samsung planshetlarining bozor raqobatbardoshligini yanada oshirishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!