date

Donald Tramp IShIDning “eng faol terrorchisi” yo‘q qilinganini aytdi

Donald Tramp IShIDning “eng faol terrorchisi” yo‘q qilinganini aytdi

AQSH Prezidenti Donald Tramp IShIDning “eng faol terrorchisi” deb atalgan Abu-Bilol al-Minuki yo‘q qilinganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, maxsus operatsiya AQSH va Nigeriya qurolli kuchlari hamkorligida amalga oshirilgan.

Trampning ta’kidlashicha, al-Minuki Afrikada yashirinib yurgan va amerikaliklarga qarshi yangi hujumlarni rejalashtirishda davom etgan. Prezident uning yo‘q qilinishini IShIDning global faoliyatiga berilgan jiddiy zarba sifatida baholadi.

“Euronews” ma’lumotiga ko‘ra, Abu-Bilol al-Minuki 2018 yildan buyon IShIDning G‘arbiy Afrikadagi yetakchi qo‘mondonlaridan biri bo‘lgan. AQSH uni 2023 yilda rasman terrorchilar ro‘yxatiga kiritgan edi.

Hozircha maxsus operatsiyaning aniq joyi va tafsilotlari keng ochiqlanmagan. Shunga qaramay, Vashington ushbu amaliyotni mintaqadagi terrorchilik tarmoqlariga qarshi muhim qadam deb hisoblamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Donald Tramp IShIDning “eng faol terrorchisi” yo‘q qilinganini aytdi