Xurshid Mirsobirovich Mirzohidov Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisining avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - “O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” unitar korxonasi direktori etib tayinlandi. Prezident 24 oktyabrda tegishli qarorni imzoladi. Bu haqda UZ24 sayti xabar berdi.
Mirzohidov 2010 - 2012 yillarda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari, 2012 yil fevraldan oktyabr oyiga qadar O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori lavozimlarida ishlagan. 2012 yil oktyabr oyidan 2015 yil fevralga qadar Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi raisi, 2015 yil fevral oyidan boshlab Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimida ishlardi. 2017 yilning fevral oyidan avgustigacha MTRK raisi lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” UK davlat rahbarining 2017 yilning 11 sentyabrdagi “Avtomobil yo‘llaridagi ko‘kalamzorlashtirish va me’moriy-landshaft qurilmalari tizimlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tashkil qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi