23:20 / 26.12.2017
6 626

Prezident tanqididan so‘ng, viloyatlar o‘rtasidagi 66 post tugatilmoqda

Prezident tanqididan so‘ng, viloyatlar o‘rtasidagi 66 post tugatilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 22 dekabr kuni Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnomasida viloyatlar o‘rtasidagi yo‘l-patrul postlarining eskicha joylashuvi harakatlanish erkinligini cheklab, savdo-iqtisodiy munosabatlar, ichki va tashqi turizm rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini tanqid qilgan edi.

Prezidentning tanqididan so‘ng, O‘zbekiston hududidagi mavjud 133 postdan 66 tasini tugatish to‘g‘risida xulosalar tayyorlandi va bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda. Bu haqda Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov O‘zA muxbiriga ma’lum qilgan.

“O‘zingiz o‘ylang, bugungi kunda mamlakatimiz hududida 60 dan ziyod bunday post mavjud. Endi tasavvur qiling, oddiy odam Xorazmdan Toshkentga mashinasida bormoqchi bo‘lsa, yo‘lda 17 ta postdan o‘tadi. Farg‘ona vodiysidan kelayotgan kishi esa 8 ta ana shunday postga duch keladi”, degan edi Prezident.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident tanqididan so‘ng, viloyatlar o‘rtasidagi 66 post tugatilmoqda