21:33 / 27.12.2017
6 798

Yangi yilni emas, Navro‘zni qarshi olamiz shekilli?!

Yangi yilni emas, Navro‘zni qarshi olamiz shekilli?!
Aslida qish fasli izg‘irin havosiyu, paxtadek oppoq qori bilan yoqimli hamda zavqli. Tushkunlik kayfiyatini beruvchi sovuq harorat vaqtida qor yog‘ishi biroz bo‘lsa-da dillarni quvontiradi. Ayniqsa, yosh bolalar uchun bu juda quvonchli.

Yangi yil bayrami qishning ilk oyi yakunlanishida qarshi olinadi. So‘nggi uch yilda O‘zbekistonning juda ko‘p hududlarida Yangi yil qorsiz qarshi olinyapti. Bu yilgi harorat esa ba’zilarni xafa qilsa, ayrimlarni quvontiradi.

31 dekabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab qor yog‘maydi, aksincha, quyosh o‘z nurlarini hadya etadi. Harorat ham qishga xos bo‘lmagan tarzda yuqori bo‘lishi kutilmoqda.

Xususan, Toshkent shahrida harorat +9 darajagacha ko‘tariladi.

Nukus shahrida harorat o‘rtacha +3 daraja iliq bo‘ladi. Qo‘shni Urganch shahrida esa +6 darajagacha ko‘tariladi.

Farg‘ona vodiysida harorat o‘rtacha +7...+8 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Sirdaryo, Buxoro, Jizzax viloyatlarida harorat +10 darajadan oshadi.

Samarqandda harorat o‘rtacha +13 daraja, Navoiy shahrida +14 daraja iliq bo‘ladi.

Eng yuqori harorat janubiy hududlarda qayd etilishi kutilmoqda. 31 dekabr kuni Qashqadaryoda harorat +15 darajagacha, Surxondaryoda +16 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yangi yilni emas, Navro‘zni qarshi olamiz shekilli?!