11:23 / 10.01.2018
8 980

Ikki marta Davlat mukofotini olgan Ella Ostrogojskaya haqidagi eng so‘nggi, eng aniq ma’lumotlar (foto)

Ikki marta Davlat mukofotini olgan Ella Ostrogojskaya haqidagi eng so‘nggi, eng aniq ma’lumotlar (foto)
Yodingizda bo‘lsa, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 22 dekabr kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasida Moliya vazirligi tizimidagi sobiq vazir va sobiq boshqarma boshlig‘ining ish uslubini jiddiy tanqid ostiga olingan edi. Ushbu Murojaatnomada tilga olingan Ostrogojkaya familiyasi bugungacha katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Ostrogojskaya haqida ko‘plab axborot va materiallar e’lon qilindi. Moliya vazirligi tizimida faoliyat yuritgan Ella Ostrogojskaya kimligi va uning aqlbovar qilmas darajada «o‘zlashtirib yuborilgan» mablag‘lari, chet elda o‘qib, o‘sha yerda yashab qolgan farzandi haqida, chet davlatlarda qimmatbaho mulklari borligi va boshqa mamlakatning fuqaroligiga ega ekanligi qayd etilgan ma’lumotlar berildi. Biroq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ushbu ma’lumotlarning qay darajada aniq ekani so‘roq ostida qolayotgan edi.

Xo‘sh, shuncha shov-shuvlarga sabab bo‘lgan Ostrogojskaya xonim aslida kim? Davlat idorasida qanday vazifalarda ishlagan?

Qo‘limizda Ella Ostrogojskayaning shaxsiy ma’lumotnomasi turibdi, deb yozadi O‘zA. Unda yozilishicha, Ella Ostrogojskaya 1956 yil 4 noyabr kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati – rus. Otasi Kogan Ilya Lazerovich 1922 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Uzoq yillar «Foton» zavodida usta bo‘lib ishlagan otasi 2002 yilda vafot etgan. Onasi Popova Lyudmila Sergeyevna uy bekasi, 1926 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan, 1959 yilda vafot etgan.
Turmush o‘rtog‘i – Ostrogojskiy Igor Olegovich 1958 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. «ATEKS» firmasida menejer bo‘lib ishlaydi.
Qizi – Ostrogojskaya Anastasiya Igorevna 1984 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Rossiya Federatsiyasi Moskva shahridagi Moskva moliya-yuridik akademiyasida tahsil olgan.
O‘g‘li – Ostrogojskiy Kirill Igorevich 1986 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tahsil olgan.
Ella Ostrogojskayaning ma’lumoti oliy, 1978 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Magistrlik ilmiy darajasiga ega. Ilmiy unvoni yo‘q.
Mehnat faoliyati davomida Ella Ostrogojskaya turli lavozimlarda ishlagan.
1974-1978 yillarda Toshkent xalq xo‘jaligi instituti talabasi bo‘lgan Ella Ostrogojskaya xonim ish faoliyatini 1978 yilda O‘zbekiston SSR Moliya vazirligining Qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish boshqarmasida boshlagan.
1978-1986 yillarda u boshqarmada katta iqtisodchi va bosh iqtisodchi;
1986-1992 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Agrosanoat kompleksini moliyalashtirish boshqarmasi yetakchi iqtisodchisi, bosh iqtisodchisi va bo‘lim boshlig‘i;
1992-1993 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Xizmat ko‘rsatish, kooperativ, qo‘shma va kichik korxonalarni moliyalashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – bo‘lim boshlig‘i;
1993-1995 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat byudjetini jamlash va hududiy moliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – bo‘lim boshlig‘i;
1995-2003 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat byudjeti bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari;
2003-2003 yilda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Valyuta-iqtisod bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Investitsiya loyihalari va dasturlarini ekspertiza qilish boshqarmasi boshlig‘i;
2003-2004 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining yetakchi inspektori;
2004-2005 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining bosh inspektori;
2005-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat byudjeti bosh boshqarmasi boshlig‘i;
2017-2017 yil O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi o‘quv markazi «Moliyachi ma’lumotnomasi» byulleteni tahririyati bo‘lim boshlig‘i vazifalarida ishlagan.

Ella Ostrogojskaya xonim mehnat faoliyati davomida ikki marta Davlat mukofoti bilan taqdirlangan. 1998 yilda «Do‘stlik» ordeni va 2010 yilda «Mehnat shuhrati» ordenini olgan.

Endi uning suratlari haqida aytadigan bo‘lsak, ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan suratlar aslida Ostrogojskayamidi yoki boshqa kishimi? Buni yuqoridagi Ostrogojskaya xonimning haqiqiy suratini ko‘rib oldingilari bilan solishtirib ko‘rsangiz bilib olasiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ikki marta Davlat mukofotini olgan Ella Ostrogojskaya haqidagi eng so‘nggi, eng aniq ma’lumotlar (foto)