13:30 / 23.01.2018
10 579

Karimov davrida siyosatga kelgan ilk jurnalist ayol. Uni takdiri nima bo‘lgandi?

Karimov davrida siyosatga kelgan ilk jurnalist ayol. Uni takdiri nima bo‘lgandi?
O‘z vaqtida taniqli va mashhur bo‘lgan, O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning matbuot kotibi sifatida faoliyat yuritgan Lola Hotamova bu haqda intervyu berdi. Lola Hotamova hozir AQShda istiqomat qilmoqda.

-Siz hozir nega Amerikadasiz, keling suhbatni shundan boshlasak.
-Sizga sir emaski, 90- yillar nafaqat O‘zbekiston balki MDH davlatlarining barchasidagi fuqarolar uchun og‘ir paytlar edi. Meni sevimli kasbimdan uzoqlashtirishib televideniyega yaqinlashtirmay qo‘yishganidan so‘ng men boshqa ishlar bilan shug‘ullanishga qaror qildim. Shunda menda Amerikaga ko‘chish istagi paydo bo‘ldi. Menga 2000 yilda 4 yillik Amerika vizasini berishdi. Katta qizim oliy o‘quv yurtining roman-german filologiyasini tugatgani uchun u ham viza olishga muvaffaq bo‘ldi. Shunday qilib qizim ikkalamiz Amerikaga keldik. Boshida men bu yerga kelib-ketib turdim, qizim esa Amerikada turmushga chiqdi. Asta-sekin men bu mamlakatga o‘rgana boshladim. Ammo men hali hamon O‘zbekiston fuqarosiman.

- Demak siz O‘zbekistonga borib turasiz?

-Albatta. O‘zbekiston mening vatanim axir.

-Oxirgi marta qachon vataningizga bordingiz?
- O‘tgan yilning oktyabr oyida. Kichik ukam ikki o‘g‘lini birvarakay uylantirdi. Singlim qizini turmushga berdi. Ular meni to‘yga taklif qilishdi.

-Bir oz oldin siz 90-yillar og‘ir bo‘lganligini va sizni sevimli ishingizdan chetlatishganini aytdingiz. Lola Hotamova 80-yillar televideniyesining yulduzi bo‘lgan. Nima sababdan ishdan chetlashtirishdi sizni?
-Men o‘zim ham oxirgi 25 yil ichida faqat shu haqida o‘ylayman, sabablarni tahlil qilaman. Men yetarlicha omadli teleradiojurnalist edim. Avval Sharqshunoslik fakultetida ta’lim olib, bir necha tillarni o‘rgandim. 8 yoshimdan hind tilini o‘rganib, Hindistonda o‘qidim. Bularning bari kareramda muhim rol o‘ynadi.
1990- yilning yozida toshkentga Xindistonning o‘sha paytdagi Bosh vaziri Narasimxa Rao rasmiy tashrif bilan keldi, va men undan intervyu oldim.
Ammo oldiniga mehmonlar intervyu berishga rozi bo‘lishmadi. Bunga hatto Bosh vazirning yordamchisi ham qarshilik bildirdi.
Ammo men ularga intervyuni ingliz tilida emas, balki hind tilida olishimni aytdim. Ular mendan hayrat bilan “Hind tilini bilasizmi ?” deya so‘rashdi. Va shundan so‘nggina suhbatga rozi bo‘lishdi.
Men Hindiston Bosh vaziridan 15 daqiqali intervyu oldim. Suhbat jarayonida Islom Karimov va Shukrullo Mirsaidov (sobiq Bosh vazir) ham bor edi.
Mehmonlar ketishganidan so‘ng Islom Karimov meni o‘z xonasiga taklif qilib, “Hind tilida bunchalar yahshi gaplashishni qayerdan o‘rgangansiz?” deya so‘radi. Shundan so‘ng men unga tilni maktabda, universitetda va Hindistonning o‘zida o‘rganganimni aytib berdim.
Shunda Karimov “Bunday bilim bilan televideniyeda nima qilib yuribsiz?” dedi.
Men hayron bo‘lib qoldim. Bu suhbatdan so‘ng oradan uch oy o‘tib, O‘zbekiston Vazirlar mahkamasi matbuot xizmati bo‘limi rahbari lavozimini taklif qilishdi..
Men ularga ijod odami ekanimni, telivideniyeda ishlash menga yoqishini tushuntirdim. Ular esa men yarim stavka televideniyeda qolishim mukinligini tushnuntirishdi.
Men rozi bo‘ldim. Har hafta siyosiy ko‘rsatuvlar tayyorladim. 1990-yil dekabrda Sovminning Kengashi bo‘ldi va matbuot xizmatini prezident qabulxonasi boshqaruviga o‘tkazishdi. Shu daqiqadan boshlab mening lavozimim «prezident matbuot kotibi maslahatchisi» deb atala boshlandi. Hammasi 1991yil aprelgacha yaxshi ketayotgandi. To‘satdan men haqimda turli mish-mishlar tarqaldi. Men bu gaplar qayerdan chiqqaniga hayron edim.

-Sizning ismingiz bilan bog‘liq bu gaplar O‘zbekistonda tez-tez quloqqa chalinadi.
-Men hech narsadan qo‘rqmayman. Men hech qanday katta gunohga qo‘l urmadim. Aybim siyosatga kirganim va o‘zim haqimda indamay kelganim.

-Karimov bilan, Mirsaidov bilan birga ishlagansiz. 2016 yilning avgustida Karimov o‘limi haqida eshitganingizda nimani his etdingiz?-Marhumlar haqida umuman gapirish kerak emas. Yoki faqat yaxshi gapirish kerak. Uning o‘limini eshitib rahmim keldi.

-Ayting-chi, Karimov bilan Hotamovaning munosabatlari qay tarzda yomonlashdi?

- Men ko‘p o‘ylayman. Karimov bilan mening munosabatlarimni buzish kimga kerak edi? Bir safar oltinchi qavatda Islom Karimov ishtirokida majlis bo‘ldi. Men bu majlisga bloknot bilan kirdim. Majlisdan so‘ng Karimovning yoniga bordim:«Maylimi, majlisdan so‘ng qabulingizga kirsam?»-deb so‘radim. U :«Ha, albatta. »-dedi. Men qabulga borganimda esa Mirsaidov u yerda nima qilayotganimni so‘radi. Men malaka oshirish uchun Karimovdan ruxsat olmoqchiligimni aytdim. «Yaxshi, lekin oldin men kirib chiqay,»-dedi u. Qabulxonada turganimda Karimovning yordamchisi chiqdi. U mendan balanddan kelib bu yerda nima uchun turganimni so‘radi. Men unga apparatda ishlashimni va uning oldiga maslahatga kelganimni aytdim. U menga hayron bo‘lib qaradi va: «Sizning o‘rningizda bo‘lganimda sal kamtarroq bo‘lardim, » - dedi. Men juda hayratda qoldim. U xonasiga ketdi. Kayfiyatim tushib ketdi. Prezidentning oldiga kirganimda u buni sezdi.
«-Nima bo‘ldi sizga?»- so‘radi Karimov.

«Hozir yordamchingiz menga g‘alati gaplarni gapirdi. Men o‘zimni nokamtar tutayotganmishman». Karimov yordamchisini chaqirdi. Yordamchi biroz sarosimada edi. Aftidan bu haqda Karimovga aytishimni kutmagandi. Karimov undan menga nima deganini so‘radi. U:«Men sizning juda bandligingizni, har kuni kelib sizni bezovta qilmasliklarini so‘radim», -dedi. Karimov: «U ko‘chadan kelgani yo‘q. Men chaqirdim. U mening apparatimda ishlaydi,» - dedi. Kraynov oldin Karimovdan uzr so‘radi. Keyin istehzo aralash mendan kechirim so‘radi. U Rashidov, Nishonov, Usmonxo‘jayev kabi rahbarlar bilan ishlagan qari tulki edi. U juda ko‘p sirni biladiganga o‘xshadi. Karimov men bilan uning yonida ehtiyot bo‘lib gaplashardi. Balki shu odam tarqatgandir bo‘lmag‘ur mish-mishlarni. Chunki ular o‘ziga keraksiz odamni yo‘ldan olishni yaxshi biladi. Bu tuhmat butun respublikaga tarqatilgandi.

-Karimov bilan munosabatingiz shunday keyin yomonlashdimi?
-Bu uchrashuvdan so‘ng men Karimov bilan boshqa uchrashmadim. Men Amerikaga malaka oshirishga ketdim. Bir oydan keyin Mirsaidov menga o‘z xohishimga ko‘ra ishdan ketishim kerakligini aytdi. Men undan aybim yo‘q bo‘lsa nimaga ketishim kerakligini so‘radim. Bugun g‘iybat qilishadi, ertaga unutiladi. U menga:«Yaxshilikcha ketmasangiz, biz sizning joyingizni qisqartirildi deb bo‘shatamiz,» - dedi.

-Buni sizga aniq Mirsaidov aytdimi?

-Ha. Men Mirsaidovga:«Men u bilan uchrashsam bo‘ladimi? Balki o‘zi ko‘zimga qarab aytar meni nega ishdan bo‘shatayotganini, aybim nimadaligini? Kechagina prezident apparatining boshlig‘i mening eng yaxshi kadrligimni aytmaganmidi?»-dedim. Mirsaidov chuqur nafas olib: «Sizning aybingiz yo‘q, uning yoniga kirmaganingiz ma’qul. Sizga hatto boshqa ish berishni ham xohlashmayapti,» dedi .
Mening juda jahlim chiqdi. Men ulardan meni televideniyega qaytarishlarini so‘raganimda u bunga ham qarshiligini bildirdi. «Siz televideniyeda boshqa ishlamaysiz.»-dedi u. Shu daqiqadan mening hayotim butunlay o‘zgardi. Chunki jamoatchilik mish-mishlarga ishongandi. Shuning uchun ham men bugungi suhbatga rozi bo‘ldim. Odamlar, xalq haqiqatni bilishini istayman.

-O‘zbekistonda rahbariyat o‘zgardi. Mamlakatning hozirgi boshqaruvini qanday baholaysiz?
-Men faqat yaxshi o‘zgarishlarni ko‘rdim. Birinchi kunlardanoq prezident xalqqa yaqinlashdi, qo‘shni davlatlar bilan aloqani yaxshilashni boshladi. Juda ko‘p ta’qiqlarning bekor qilinganligi barchani quvontirdi. Men yangi prezident Shavkat Miromonovichdan juda ko‘p yangi o‘zgarishlar qilishini kutyapman. Xalq o‘z boshqaruvchisidan rozi bo‘lishi kerak deganda u mutlaqo haq.

-Hotamova, men sizning bir necha tilni bilishingizni va siyosat bilimdoni deb bilaman. Biroq men bu suhbatga tayyorlanayotganimda internetdan sizning shaxsingizga doir hech qanday ma’lumot topolmadim. Suhbatimiz so‘nggida o‘zingiz haqingizda ozgina gapirib o‘tsangiz.
-Men Toshkentning «Labzak» mahallasida ziyoli oilasida tug‘ilganman. Ota-onam Nizomiy nomidagi pedagogika institutida o‘qituvchi bo‘lib ishlashgan. Otam - Muhammadjon Hotamov psixologiyadan dars berardi. Onam- Farida Rustamova tarix o‘qituvchisi edi. Oilada olti farzandmiz. Oliy ma’lumotdan tashqari barchamiz musiqiy bilimga ham egamiz. Men o‘zim musiqa maktabida xalq cholg‘ularidan rubob bo‘yicha tahsil olganman. Mening ijroimni eshitib ko‘rgan mashhur o‘zbek musiqachisi Muhammadjon Mahmudov mendagi musiqiy qobiliyat bilan bemalol konservatoriyaga topshirishim mumkinligini aytgandi. Oilada besh qiz, bir o‘g‘ilmiz. Ammo ota-onam hech qachon sen qiz bola, sen o‘g‘il bola deb ajratishmagan. Bizga: «Sen qiz bolasan, tezroq turmushga chiqishing va uyda o‘tirishing kerak » deyishmagan. Hammamizni bilim olishga undagan. Otam menga haydovchilikni o‘rgatganida 18 yoshda edim. U paytda ayollar deyarli mashina haydamasdi. Men yana basketbol va ot sporti bilan shug‘ullanganman.

Ko‘p ayollar ajrashishdan so‘ng o‘zini yo‘qotib qo‘yishadi, men esa aksincha o‘zimni qo‘lga olib yo‘limni topishga harakat qildim. O‘z bilimlarimni mustahkamladim, hech kimning yordamisiz prezident apparatida ishlay oldim. Biroq tuhmat qurboni bo‘lsang hech kim va hech narsa yordam berolmas ekan. Menga tuhmat qilishganda hech kim aralashishni istamadi. Men juda ko‘p tashkilotlarga murojaat qildim. Ombudsmanga ham chiqdim. Ammo ular mening xatimga javob berishmadi. Oxir oqibat taqdirga tan berdim va hayotimni yaxshilash uchun ikki qizim bilan Amerikaga keldim.
Saidabonu tarjimasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Karimov davrida siyosatga kelgan ilk jurnalist ayol. Uni takdiri nima bo‘lgandi?