
NATO Italiya sohillari yaqinidagi O‘rtayer dengizida “Neptun zarbasi” (Neptune Strike) deb nomlangan yirik harbiy-dengiz mashqlarini amalga oshira boshladi. CBS News’ning yozishicha, mazkur mashqlar alyans uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lib, mintaqada xavfsizlikni ta’minlash va kuchayib borayotgan geosiyosiy keskinliklarga javob sifatida o‘tkazilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mashqlarda Buyuk Britaniyaning zamonaviy HMS Prince of Wales avianositsi ishtirok etmoqda. Uning bortida 26 ta AQSHning F-35 qiruvchi samolyotlari joylashgan. Shuningdek, AQSH, Buyuk Britaniya, Polsha, Turkiya va yana jami o‘nga yaqin davlat harbiylari ham ishtirok etmoqda. Ular NATOning sharqiy flangiga ehtimoliy zarba berilgan vaziyatda qanday harakat qilish, shu bilan birga jahon bo‘ylab tashiladigan neft oqimining 30 foizini tashkil etuvchi muhim dengiz yo‘llarini himoya qilish bo‘yicha mashqlar o‘tkazayotgani qayd etilgan.
NATO Yevropa qo‘shma qo‘shinlari oliy qo‘mondonligi rahbari Aleksus Grinkevichning ta’kidlashicha, alyans 2027-yilga borib Rossiya va Xitoy bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy to‘qnashuvlarga tayyor holatda bo‘lishi talab etiladi. Uning fikricha, keyingi yillarda NATO davlatlari havo hududlari buzilishi bilan bog‘liq holatlar ko‘paygani sababli bunday mashqlar dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Xususan, 2025-yil 10-sentyabr kuni kechasi Polsha harbiylari mamlakat havo chegarasi 21 ta masofadan boshqariladigan dron tomonidan buzilganini ma’lum qilgan, bosh vazir Donald Tusk esa buning uchun Rossiyani ayblagan edi. Shu bilan birga, Estoniya ham shu oyda havo hududini uchta dron orqali buzganlikda Rossiyani javobgar deb bilgan. Moskva tomoni esa barcha ayblovlarni rad etib kelmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.