
Jizzax viloyatida yuz bergan daxshatli yo‘l-transport halokati yana bir bor yo‘llardagi xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish qanchalik muhim ekanini ko‘rsatdi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, voqea 21-noyabr kuni soat 23:50 larda Sharof Rashidov tumanidagi “Fayzobod” mahallasi hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega M-39 “Toshkent–Termiz” trassasining 989-chaqirig‘ida sodir bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida yashovchi, 2003-yil tug‘ilgan haydovchi ISUZU rusumli yuk mashinasi bilan Samarqand tomonida joylashgan gaz quyish shoxobchasidan chiqib ketayotgan paytda yo‘lda o‘rnatilgan 2.4 “Yo‘l bering” va 4.1.2 “Harakatlanish o‘nga” belgilarining talablariga rioya qilmagan. U belgilanmagan nuqtadan Toshkent yo‘nalishiga burilish uchun qatnov qismiga chiqib ketgan.
Aynan shu vaqtda Toshkent–Samarqand trassasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan, Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida istiqomat qilgan 2002-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Lacetti yuk mashinasiga katta kuch bilan borib urilgan. To‘qnashuvdan keyin Lacetti muharrik qismida yong‘in kelib chiqib, avtomobil butunlay yonib ketgan.
Fojea oqibatida Lacetti haydovchisi va salondagӣ to‘rt nafar yo‘lovchi olgan og‘ir jarohatlari tufayli voqea joyida halok bo‘lgan. Ularning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.
Holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi uchinchi qismi “a” bandi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.