
Vyetnamning markaziy hududlarida kuchli yomg‘ir va ko‘p suv oqimlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 55 nafarga yetdi. Yana 13 kishining taqdiri noma’lum bo‘lib qolmoqda. Bu haqda mamlakatning dambalar va tabiiy ofatlarni oldini olish departamenti ma’lum qildi.
Toshqinlar oqibatida taxminan 80 ming gektar qishloq xo‘jaligi yerlari, jumladan, chorvachilik maydonlari suv ostida qoldi. Shuningdek, 3,2 million boshdan ortiq chorva va uy qushlari nobud bo‘lgan.
Hozirda 28,4 mingdan ortiq uylar suv bosgan holatda qolmoqda, 946 ta uy esa butunlay zarar ko‘rgan. Departament ma’lumotlariga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida yetkazilgan iqtisodiy zarar 9 trillion dong (ya’ni, qariyb 358 million AQSh dollari)ni tashkil etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.