date

Saida Mirziyoyeva Dohadagi nufuzli kino anjumanida qatnashdi

Saida Mirziyoyeva Dohadagi nufuzli kino anjumanida qatnashdi

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qatar poytaxti Dohada o‘tkazilayotgan kino festivalida ishtirok etgani haqida o‘z ijtimoiy tarmoq sahifasida ma’lum qildi. Uning qayd etishicha, mazkur tadbir mustaqil va mualliflik kinosi sohasida eng muhim maydonlardan biri bo‘lib, o‘z uslubiga, betakror badiiy qarash va jasur pozitsiyaga ega rejissyorlar uchun fikr almashish va ijodiy g‘oyalarni namoyish etish imkonini taqdim etadi.

Festival dasturiga jahonning turli nuqtalaridan kelgan o‘nlab mamlakatlar filmlari kiritilgan. Ayniqsa, yangi avlod rejissyorlari va mahalliy kinoijodkorlarga katta e’tibor qaratilib, ular uchun alohida bo‘limlar, maxsus tanlovlar va ijodiy yo‘nalishlar tashkil etilgani qayd etilgan.

Saida Mirziyoyeva o‘z yozuvida bu tadbirning o‘zi uchun alohida ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi: “Qatar poytaxtining diqqatga sazovor madaniy maskanlarida bo‘lib o‘tayotgan ushbu festivalga tashrif buyurdim. Zamonaviy kino — bu dolzarb kayfiyat va muhitni aks ettirish, shu bilan birga, jamiyatimizni qaysi mavzular o‘ylantirayotganini his etish usulidir”, — deya ta’kidladi u.

Ta’kidlash joizki, mazkur festival nafaqat kino olamidagi yangi nomlar va yangi qarashlarni yoritib beradi, balki jahon kinematografiyasidagi dolzarb muammolar, yangi tendensiyalar va badiiy izlanishlar uchun katta muhit yaratib beradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Saida Mirziyoyeva Dohadagi nufuzli kino anjumanida qatnashdi