
Samarqand viloyatida muqaddam sudlangan 59 yoshli shaxs noqonuniy narkotik savdosi bilan yana shug‘ullanayotgani aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmati xabar berdi.
DXXning Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona hamda ichki ishlar boshqarmalari bilan hamkorlikda Urgut tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Kuzatuv ostida bo‘lgan, Urgut tumanida yashovchi, 1966-yilda tug‘ilgan shaxs 993 gramm og‘irlikdagi “opiy” moddasini shartli xaridorga 15 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Tergovga qadar surishtiruv davomida aniqlanishicha, mazkur og‘ir narkotik moddalar Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li orqali olib kirilgan. Tovar chegaradan yashirin yo‘l bilan o‘tkazilgani aniqlangan.
Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi (kontrabanda) va 273-moddasi 5-qismi (narkotik moddalarni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Sud qarori bilan unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
DXX rasmiylariga ko‘ra, Jinoyat kodeksining mazkur moddalarida ko‘rsatilgan jinoyatlar uchun 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan. Hozirda surishtiruv harakatlari davom etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.