date

Vagonda yashirilgan minglab dori va anjomlar bojxona nazoratida ushlanib qolindi

Vagonda yashirilgan minglab dori va anjomlar bojxona nazoratida ushlanib qolindi

Rossiyadan O‘zbekistonga noqonuniy olib kirilayotgan yirik hajmdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar aniqlanib, musodara qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

DXX Chegara qo‘shinlari va bojxona organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “Volgograd – Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan poezd “Qoraqalpog‘iston – temir yo‘l” nazorat punktida to‘xtatilib, tekshiruvdan o‘tkazildi.

Poezdning 7-vagonida Samarqandda yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan kuzatuvchi tomonidan havo aylanish shaxtasiga yashirilgan qiymati 913 million so‘mlik 30 turdagi 2 742 dona stomatologik buyum va uskunalar topildi.

Shuningdek, 12-vagonda Toshkent shahrida yashovchi, 1976 yilda tug‘ilgan shaxs tomonidan 1,5 milliard so‘mlik 12 turdagi 894 dona dori vositalari va tibbiy anjomlar bojxona nazoratidan yashirincha olib kirilayotgani fosh etildi.

Aniqlanishicha, kuzatuvchilar ushbu mahsulotlarni moddiy manfaat evaziga Toshkent shahriga yetkazib berishni rejalashtirgan. Hozirda ushbu holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Vagonda yashirilgan minglab dori va anjomlar bojxona nazoratida ushlanib qolindi