O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan Adham Islomov O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.
Adham Islomov Toshkent Moliya institutining bank ishi fakultetida tahsil olgan.
Mehnat faoliyatini 1993 yilda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Astronomiya institutida boshlagan.
Bank sohasidagi faoliyatini 1998 yilda ATB «Asaka bank»da oddiy mutaxassislikdan boshlagan. 2006 yil aprelidan 2008 yil avgustigacha bankning Xalqaro hamkorlik va eksport-import operatsiyalari departamenti, keyin Moliyaviy tahlil, strategik rivojlanish departamenti boshliqlari o‘rinbosari vazifalarini egallagan.
2008—2011 yillarda Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi, sho‘’ba mudiri lavozimida ishlagan.
2011—2014 yillarda O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari, so‘ng vaqtincha boshqaruv raisi bo‘lib ishlagan.
2014—2018 yillarda O‘zbekiston Prezidenti Devoni ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish xizmatining bosh konsultanti lavozimida faoliyat yuritgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi