O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari Qodir Jo‘rayev, Rasul Kusherboyev, Qobil Nosirov hamda Akmal Umrzoqov “Avtotest” MCHJning monopol huquqlarini bekor qilish bo‘yicha hukumatga murojaat yo‘llagani, joriy yilning 23 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtarish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 139-sonli qarori bilan O‘zbekistonda haydovchilarni tayyorlash va malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Avtotest” innovatsion avtomaktabining monopol huquqi bekor qilingani haqida xabar bergan edik.
Biroq, hukumatga murojaat bilan chiqqan deputatlar, xususan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev hukumatning qaroridan qoniqmaganini o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozib qoldirdi.
“Avtotest” haqidagi qarordan qoniqdingizmi, deb ko‘pchilik so‘rayapti. Yo‘q, qoniqmadim! Birorta rozi bo‘lgan odamlarning fikrini ham eshitmadim. Biroz vaqt o‘tgan bo‘lsa ham ochig‘i, qaror matni bilan “lex.uz”da o‘z vaqtida tanishish imkoni bo‘lmadi”, deb gap boshlaydi deputat.
Rasul Kusherboyev tadbirkorlar, yuridik shaxslarning tarafini olarkan, hukumat qarorida haydovchilarning malakasini oshirish muddati va to‘lov ham o‘zgarishsiz qolganini alohida urg‘ulaydi:
“Qarorda haydovchilarning malakasini oshirish muddati o‘zgarishsiz qolibdi, ustiga-ustak to‘lanadigan mablag‘ miqdori va to‘lovchi ham. Bunaqada yuridik shaxslarni honavayron qilmasak bo‘ldi, ishqilib. Shu o‘rinda maqsad haydovchilarning malakasini oshirish, foyda olish emas degan gapga qancha harakat qilsam ham baribir ishonish qiyin bo‘lyapti”
Qarorda avtotransport vositalarini qisqa muddatli ijara (prokat) va lizing asosida boshqarayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va boshqa jismoniy shaxslarga malaka oshirish majburiy emasligi belgilab qo‘yilgan edi. Deputat ayni masalaga ham to‘xtalib, bu bilan katta natijaga erishilmaganini aytadi.
“Yakka tartibdagi tadbirkorlar bir hisobdan jismoniy shaxs. Ularni malaka oshirishdan ozod qilish katta ish hal bo‘ldi, degani emas. Monopoliya bekor bo‘ldi deb hisoblasak, 1 iyungacha baribir huquq “Avtotest”da qolyapti, kamiga boshqalarga litsenziya shartlari juda qiyinlashtirilibdi. Bu qancha ovora bo‘lma, boshqalarga bu huquqni amalda shunchaki berib qo‘yishni istamaymiz, degani, fikrimcha. Xullas, gapirsa gap ko‘p! Oddiy aytganda, qaror o‘ylaganimdek bo‘lmabdi, vassalom. Endi buyog‘ini ko‘ramiz...”
Rasul Kusherboyev va “Avtotest” monopoliyasiga qarshi chiqqan boshqa deputatlar hukumatning navbatdagi qarori bilan qoniqadilarmi yoki yana o‘z istaklarida sobit qoladilarmi, hozircha bunisi qorong‘u. Ammo tadbirkorlar, ko‘plab korxona va tashkilotlar o‘rtasida katta muhokamaga sabab bo‘lib kelayotgan ushbu masala shu bilan yakun topmaydiganga o‘xshaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...