
O‘zbekistonda tanilgan xonanda va aktrisa Dilnoza Kubayeva o‘zi uchun yangi qo‘shiqlar, kliplar va spektakllar yaratishda davom etayotganini aytib, nima uchun hozircha oila qurmasligini tushuntirdi.
Dilnoza Kubayeva o‘zining ijodiy hayoti haqida shunday deydi: “Erkin ijod qilib, yangi qo‘shiqlar, yangi kliplar va spektakllar yaratib yuribman. Hayotim tinch, sokin, hotirjam. Mazza qilib yashayapman, hamma narsani ijoddan olyapman. Agar men bilan yashashga tayyor bo‘lgan, ijodimni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydigan erkak bo‘lsa, albatta ayol rozi bo‘ladi”.
Ammo aktrisa, shuningdek, ikkinchi xotinlikka umuman rozi bo‘lmasligini ta’kidladi. U o‘zining shaxsiy hayoti va erkinligini yuqori baholagan holda, “Bu erkimni endi qo‘ldan boy bera olmayman” deb o‘z fikrini yakunladi.
Dilnoza Kubayeva ijodi va shaxsiy hayotiga bo‘lgan munosabatini yana bir bor ochiq aytib, o‘zi uchun eng muhim narsa — erkinlik va ijod ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.