
Mashhur aktrisa va ko‘plab tomoshabinlar sevimlisi Zarina Yuldasheva orzusidagi avtomobilni sotib olgani haqida o‘zining Instagram sahifasida xabar berdi.
Aktrisa o‘zining ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan posti orqali muxlislariga qizil rangdagi zamonaviy BMW avtomobilini mamnuniyat bilan namoyish qildi. Videoda uning hayajonli tabassumi, yangi mashina fonida tushgan suratlari va qisqacha minnatdorchilik so‘zlari ko‘plab ijobiy fikrlar va tabriklarga sabab bo‘ldi.
Zarina postida bunday natijaga yetishish uchun mehnat va qat’iyat zarurligini aytib, orzu qilgan narsa yo‘lida harakat qilgan inson albatta mukofotlanishini eslatib o‘tdi.
Aktrisaning sadoqatli muxlislari uni yangi mashinasi bilan tabriklab, hayotda yana-da katta muvaffaqiyatlar tilab, iliq izohlar qoldirishmoqda.

Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.