
Toshkent shahar jamoat transportida yo‘l haqini to‘lamasdan harakatlanish holatlariga qarshi nazorat kuchaytirildi. Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida 19 632 ta qoidabuzarlik aniqlangan. Ushbu holatlar bo‘yicha Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Oktyabr oyidan boshlab, “Toshkent shahar yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” DM xodimlari planshetlar bilan ta’minlandi. Endi ular yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilarga nisbatan mustaqil ravishda ma’muriy bayonnoma tuzish huquqiga ega.
Toshkent shahar transportida to‘lanmagan yo‘l haqlari va bu holatlarga qarshi kurashishda nazoratni kuchaytirish, shahar transporti tizimining samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.