
Farg‘onada talabaning rahbarlik qilgan xususiy firmasiga tegishli 44 mln 630 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari Majburiy ijro byurosi tomonidan to‘liq undirib berildi.
Farg‘ona davlat universitetining Iqtisodiyot fakulteti talabasi firma rahbari sifatida fuqaro Sardorbek Mullajonovga firma aylanmasi doirasida umumiy qiymati 44 mln 630 ming so‘m bo‘lgan pulni naqd qilib olish uchun uning plastik kartasiga o‘tkazib bergan.
Biroq fuqaro Sardorbek o‘z vaqtida majburiyatni bajarmagan. Uning bank hisob raqamlari va pul aylanmasi bilan bog‘liq xavfsizlik muammolari tufayli mablag‘ naqd ko‘rinishda firma rahbariga qaytarilmasdan qolgan.
Yuzaga kelgan holat yuzasidan talaba-rahbar sudga murojaat qildi. Sud tomonidan chiqarilgan ijro hujjati Majburiy ijro byurosiga yuborildi va ish yuzasidan ijro harakatlari boshlandi.
MIB tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida qarzdor Sardorbekdan qarz miqdori to‘liq undirilib, uning “Yasin World Trade” MCHJ rahbari sifatida undiruvchi tomonga naqd tarzda topshirildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.