date

Andijonda ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida reydlar boshlandi (video)

Andijonda ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida reydlar boshlandi (video)

Andijon viloyatida havo ifloslanishiga qarshi kurashish maqsadida o‘tkazilayotgan reydlar o‘z samarasini bermoqda. Shahrixon tumanida, ekologik barqarorlikni ta’minlash va havo ifloslanishini minimizatsiya qilish maqsadida, somsaxonalar ham qamrab olindi. Maxsus ekskavatorlar orqali, somsa yopiladigan tandirlar buzildi.

Tuman hokimligi bayonotiga ko‘ra, reydlar viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonovning topshirig‘iga asosan amalga oshirilmoqda. 3 dekabr kuni Shahrixon tumani hokimligi tomonidan taqdim etilgan videoda, “Uch ariq oshxonasi”, “Mehmon oshxonasi” va “Bek oshxonasi” kafelaridon buzib tashlangan tandirlar tasvirlangan.

Bu tadbirlar faoliyatini nazorat qilish va ekologik holatni yaxshilash maqsadida tashkil etilgan ishchi guruhi tomonidan kunduzgi va kechki reydlar amalga oshirilmoqda. Bugun erta tongda, havo ifloslanishining sabablari sifatida belgilangan obyektlarda o‘rganishlar olib borildi va belgilangan talablarga rioya qilmaydigan ovqatlanish va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarining faoliyati to‘xtatilgan.

Tuman hokimligi tomonidan ta’kidlanishicha, ushbu tadbirlar jamoat salomatligini ta’minlash va ekologik holatni yaxshilashga qaratilgan, shuningdek, u kommunal xizmatlarning sifatini oshirishga ham yordam beradi.

Voqea internetda rezonansga sabab bo‘lishi ortidan, hokimlikning Telegram-kanalidan bu xabar, unga ilova qilingan video va suratlar o‘chirib yuborildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida reydlar boshlandi (video)