date

Atmosferani ifloslantiruvchi manbalarni aniqlash uchun vertolyot patruli ishga tushdi

Atmosferani ifloslantiruvchi manbalarni aniqlash uchun vertolyot patruli ishga tushdi

Toshkent viloyatida atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni aniqlash maqsadida maxsus vertolyot patruli yo‘lga qo‘yildi. Bu chora Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan atmosferani muhofaza qilishga qaratilgan yangi tashabbus sifatida belgilangan.

Maxsus komissiya tomonidan tashkil etilgan aeropatrulning birinchi kunida komissiya rahbarlari A.Abduhakimov va D.Qodirov o‘zi shaxsan ishtirok etib, mavjud vaziyat bilan tanishdi. Atmosfera havosining ifloslanishi bo‘yicha aniqlangan manbalarga munosabat bildirildi va ularga qarshi qonun va me’yorlar doirasida tezkor choralar ko‘rildi.

Aerokuzatuvning asosiy afzalligi — ekologik me’yorlarni buzgan korxona va obyektlarni tez aniqlash imkonidir. Vertolyot orqali yashirin yoki yetib borish qiyin bo‘lgan manbalarni aniqlash osonlashadi. Bu esa monitoring samaradorligini yaxshilash va noqonuniy atmosferaga zarar yetkazuvchi manbalarni bartaraf etishda muhim omil bo‘ladi.

Maxsus komissiya ekologik vaziyatni barqarorlashtirish va aholi salomatligini himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni davom ettiradi. Bu jarayonning doimiy tekshiruv va kuzatuv orqali amalga oshirilishi, aholining salomatligini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Atmosferani ifloslantiruvchi manbalarni aniqlash uchun vertolyot patruli ishga tushdi