date

Marsda vaqt Yerga qaraganda tezroq o‘tadi — olimlar aniqladi

Marsda vaqt Yerga qaraganda tezroq o‘tadi — olimlar aniqladi

Olimlar Eynshteynning umumiy nisbiylik nazariyasiga tayanib, Marsda vaqt Yerga nisbatan bir kunda 477 mikrosekundga tezroq o‘tadi, deb xabar bermoqda. Tadqiqot The Astronomical Journal jurnalining yangi nashrida chop etildi va Space nashri unga asoslangan holda aniq ma’lumotlarni taqdim etdi.

Tadqiqotchilar vaqtning farqini aniqlashda bir qator omillarni hisobga olgan. Marsning Yerga nisbatan zaif tortishish kuchiga ega ekani, uning orbitasining shakli, Quyosh, Yer va Oyning tortishish ta’siri asosiy elementlardan hisoblanadi.

Eynshteynning umumiy nisbiylik nazariyasiga ko‘ra, vaqt o‘zgarishi kuzatuvchining joylashgan tizimiga, ya’ni harakatning tezligi va gravitatsiyaga bog‘liq. Bu effekt "vaqtning sekinlashishi" (time dilation) deb ataladi va u mashhur egizaklar paradoksiga olib kelishi mumkin.

Egizaklar paradoksiga ko‘ra, agar ikki egizakdan biri kosmosda yorug‘lik tezligiga yaqin o‘tishni amalga oshiradigan kosmik kemada bo‘lsa, boshqasi esa Yerda qolsa, qaytib kelgan astronavt Yerda qolgan egizagidan yoshroq bo‘ladi.

Marsda vaqt farqiga sabab bo‘lgan omillardan biri, Marsning Yerga qaraganda Quyoshdan uzoqroq joylashgani, bu esa uning Quyosh atrofida aylanishini sekinlashtiradi. Biroq Mars orbitasining uzunligi tufayli, u Quyoshga yaqinlashganda tezlashadi va uzoqlashganda

sekinlashadi.

Ushbu ta’sirlar natijasida, Marsdagi astronavt uchun bir soniya Yerdagi soniyaga teng bo‘ladi, ammo Yerda turgan kuzatuvchi uchun Marsdagi soniya Yerdagi soniyaga qaraganda tezroq o‘tadi. Vaqtning farqini hisoblash natijasida, Mars va Yer o‘rtasidagi o‘rtacha farq sutkada 477 mikrosekundni tashkil qiladi.

Bu kichik farq kelajakda Mars atrofidagi navigatsiya va aloqa tizimlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Olimlar ushbu vaqt farqini aniqlashning ahamiyatini ta’kidlamoqda, chunki bu ma’lumotlar Mars va Yer o‘rtasidagi GPS va aloqa tizimlarini sinxronlashtirish uchun zarur bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Marsda vaqt Yerga qaraganda tezroq o‘tadi — olimlar aniqladi