15:15 / 20.03.2018
7 116

«Amerika orzusi»: bilasizmi, nima uchun AQSh elchixonasi deyarli hech kimga viza bermaydi? (video)

«Amerika orzusi»: bilasizmi, nima uchun AQSh elchixonasi deyarli hech kimga viza bermaydi? (video)
Dunyoning barcha davlatlarida, jumladan O‘zbekistonda ham qator elchixonalar faoliyat yuritadi. Ular orasida eng qattiq qo‘riqlanadigani, eng hashamdori va, shubha yo‘qki, eng gavjumi AQSh elchixonasidir. Yillar va hatto asrlar davomida «Amerika orzusi» odamlarni o‘ziga ohanrabodek tortib keldi va hamon tortmoqda. Ammo oxirgi yillarda ko‘pchilik davlatlarda, ayniqsa O‘zbekistonda AQSh elchixonasi eshigini qoqqanlardan aytarli hech kimga viza berilmayapti. Xo‘sh, sababi nimada? Buni tahlil qilishga urinamiz.

Bir narsani unutmaslik lozim: hech qanday hujjat, hech qanday vaj AQSh vizasini olish uchun 100 foiz asos bo‘la olmaydi! Demak, rad etish uchun hamisha va har qanday joyda asos topish mumkin. Yana bir muhim jihat: nega AQSh elchixonasi ko‘pchilikka rad javobini beradi? Chunki ko‘pchilik elchixonani aldashni, qisqa muddatli viza bilan borib AQShda qolib ketishni, nolegal mehnat qilib boylik orttirishni rejalashtiradi.

Keling, hammasini tartib bilan davom ettiramiz:

1. Ko‘pchilik elchining shaxsan o‘zi fuqarolarni qabul qiladi va vizani ham o‘zi beradi deb o‘ylaydi. Elchi bunaqa (mayda) ishlar bilan shug‘ullanmaydi, uning asosiy vazifalari davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish va siyosiy tadbirlardir. Viza berish bilan konsullar shug‘ullanadi va odatda ular zaxiradagi zobitlar bo‘lishadi. Ya’ni ular inson psixologiyasini juda yaxshi o‘rganishgan, aldashga urinish deyarli samara bermaydi.

2. Konsulni eng qiziqtirgan masala sizning asl maqsadingiz. U ko‘pi bilan o‘n daqiqada bu masalaga oydinlik kirita oladi. Bu odam AQShga borgandan so‘ng o‘z vaqtida qaytishni paysalga soladi degan har qanday gumonga borishi bilan konsul siz uchun «qizil chiroq»ni yoqadi. AQSh elchixonasi tomonidan fuqarolarimiz uchun sayyohlik vizasi 1 yil muddatga beriladi. Hatto aksariyat Afrika davlatlari fuqarolari uchun ham bundan ko‘proq muddatga viza taqdim etiladi. Yurtdoshlarimizning ko‘pchiligi AQShda muhojirlikka oid qonunchilikni buzaverishi viza muddatining keskin qisqarishiga va boshqalar uchun rad etilishiga sabab bo‘lmoqda. Oldin bizning fuqarolar uchun ham 4 yilga berilgan, lekin yana shu yuqoridagi sabablar bo‘lavergani uchun 1 yilga qadar qisqartirilgan. Shu ketishda davom ettirilsa, muddat yanada qisqarishi hech gap emas.

3. AQShga borish va u yerda siz ta’kidlayotgandek ma’lum muddat bo‘lish «Toshkentga sayohat» emas. Buning uchun katta mablag‘ talab qilinadi. Viza olishda sizning hisob raqamingizda yetarli darajada kafolatlangan mablag‘ bo‘lishi yoki sizni taklif qilayotgan tomon barcha xarajatlarni zimmasiga olayotgani isbotlanishi shart.

4. Ozchilik bo‘lsa-da, AQShga ishga taklif asosida boruvchilar ham mavjud. Ammo bunday taklif ham viza berilishiga kafolat bo‘la olmaydi. Konsul aynan shu kasb egasi AQShda kerak yoki yo‘qligiga albatta e’tibor qaratadi.

5. Tilni mutlaqo bilmaslik yoki juda yaxshi bilishning ham o‘ziga yarasha yomon tomonlari bor. Ingliz tilini umuman bilmasdan turib AQShga yo‘l olishdan maqsad neligi tushunarsiz bo‘lsa, juda yaxshi biluvchilar ham ma’lum tavakkalga yo‘l qo‘yishadi. Chunki ingliz tilida mukammal so‘zlashuvchilar va avval AQShga borib kelib ishonchga kirmaganlar uyoqqa borgandan so‘ng tezda yaxshi ish topib olib nolegal holatga o‘tib ketishlari ehtimoli yuqori.

6. Hatto grin-karta lotereyasini yutish ham AQSh vizasini olishni kafolatlamaydi. To‘g‘ri, bu lotereya imkoniyatlarni keskin oshiradi. Ammo jinoiy o‘tmish, avval AQSh qonunchiligini jiddiy buzganlik ham rad etishga asos bo‘la oladi.

7. AQSh muhojirlar mamlakati. Yildan yilga bu davlatga intiluvchilar soni ortib bormoqda. Lekin mehnat bozori buncha muhojirni qabul qilishga tayyor emas. Demak, talabgorlar soni ortgani sari rad etish ehtimoli ham oshaveradi. Qiziq jihat: suhbatga kirilganda konsullik yig‘imi (160 AQSh dollari) undiriladi. Ammo natijadan qat’i nazar bu yig‘im qaytarilmaydi. Shunga qaramay elchixona kassasi oldidagi navbatlar uzaygandan uzayib bormoqda...
Бизнес-ғоя: «Элчихона очмаймизми?!»

«Xabar.uz»нинг Android қурилмалар учун мўлжалланган мобил иловаси: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.xabar.app Сайтнинг енгил мобил версияси: https://m.xabar.uz/ «Telegram» каналимиз: https://t.me/xabaruzofficial «Facebook»даги саҳифамиз: https://www.facebook.com/xabar.uz/ «Twitter»даги саҳифамиз: https://twitter.com/ xabaruzofficial «Instagram»даги саҳифамиз: https://www.instagram.com/xabar.uz «Odnoklassniki.ru»даги саҳифамиз: https://ok.ru/xabar.uz

Опубликовано «Xabar.uz» 19 марта 2018 г.

Izoh: unutmang, bu rad etish uchun asoslarning barchasi emas. Elchixonaga kirar ekansiz har qanday holatga tayyor turing.

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Amerika orzusi»: bilasizmi, nima uchun AQSh elchixonasi deyarli hech kimga viza bermaydi? (video)