
O'zbekistonda narkotik jinoyatlari va giyohvandlikka qarshi kurashayotgan fuqarolar ko'krak nishonlari bilan taqdirlanadi. Bu haqda hukumat qarori qabul qilindi.
Nomzodlar ro'yxatini har yili Narkotik va o'qotar qurollar ustidan nazorat agentligi taqdim etadi. Taqdirlash marosimi har yili 26-iyun kuni, Giyohvandlikka qarshi xalqaro kurash kuni munosabati bilan o'tkaziladi.
Nishon faqat bir marta topshiriladi. Hujjatda nishonni taqish qoidalari ham ko'rsatilgan — davlat mukofotlaridan keyin, ko'krakning chap tomonida taqiladi.
Noyabr oyi boshida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoshlarni narkotiklardan himoya qilishga oid qaror imzolagan edi. Unga ko'ra, narkotiklarni tarqatgan va bu jinoyatlarni berkitgan shaxslarga nisbatan jazolar kuchaytirilishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, narkomanlar va toksikomaniya bilan og'riganlarni aniqlash va davolash tizimini yangilash bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishi belgilangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.