date

Jon Terri: "Arsenal bizni rekordimizni yangilashi mumkin"


Chelsi sobiq himoyachisi Jon Terri joriy mavsumda Arsenalning himoya chizigʻidagi oʻyinini baholadi. "Kanonirlar" Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida atigi beshta gol oʻtkazib yuborgan boʻlsa, ulardan ikki gol oʻtgan turda Sanderlend bilan oʻyinda kiritilgan.

Shuni taʼkidlash joizki, Chelsi klubi Joze Mourinyo boshchiligidagi 2004/05-yilgi mavsumda faqat 15 ta gol oʻtkazib yuborib, rekord oʻrnatgan edi. "Ochigʻini aytaman, biroz xavotirdaman.

Arsenalning oʻyinlarini har hafta kuzatib boraman — ularga munosib baho berish kerak. Shunday boʻlsa-da, bizning rekordni yangilash juda murakkab vazifa deb oʻylayman, lekin rostini aytsam, xavotirlanaman", – dedi Terri Arsenal News Channel nashriga bergan intervyusida.

12-turda Mikel Arteta jamoasi oʻz maydonida Tottenhemni qabul qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jon Terri: "Arsenal bizni rekordimizni yangilashi mumkin"