Toshkentda avtomobillardagi noqonuniy reklamalarga chek qo‘yilmoqda

Toshkentda avtomobillardagi noqonuniy reklamalarga chek qo‘yilmoqda
Qisqacha

Toshkent shahrida reklama pasportisiz harakatlanayotgan avtomobillarga qarshi reydlar kuchaytirildi. Oxirgi tekshiruvlarda 470 ta avtomobil ko'zdan kechirilib, 390 tasida reklama pasporti yo'qligi aniqlandi. 389 nafar haydovchiga ogohlantirish xati berildi, 1 ta avtomobil esa jarima maydoniga olib ketildi. Reydlar Toshkent shahar hokimligi, IIBB YHXB va Raqobat qo'mitasi hamkorligida o'tkazilmoqda, reklama pasportini esa my.gov.uz portali orqali olish talab etiladi.

Toshkent shahrida reklama pasportisiz harakatlanayotgan avtomobillarga qarshi reydlar kuchaytirildi, deb xabar berdi Shahar hokimligi.

Oxirgi tekshiruvlar davomida 470 ta avtomobil ko‘zdan kechirildi. Ulardan 390 tasida reklama pasporti mavjud emasligi aniqlangan. 389 nafar haydovchiga ogohlantirish xati berilgan, 1 ta avtomobil esa jarima maydoniga olib ketilgan.

Reyd tadbirlari Toshkent shahar hokimligi, IIBB YHXB va Raqobat qo‘mitasi hamkorligida amalga oshirilmoqda.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, reklama joylashtirishni qonuniylashtirish uchun my.gov.uz portali orqali maxsus reklama pasporti olish talab etiladi.

Tadbirlar reklama bozorida tartibni o‘rnatish, noqonuniy e’lonlar sonini kamaytirish va shahar ko‘rinishini yaxshilashga qaratilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar