
Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati rasmiy xabar berdi. Ma'lum qilinishicha, Buxoro viloyati ichki ishlar organlari tomonidan Samandarov Otabek Ulug'bek o'g'li qidiruvga e'lon qilingan.
U O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining "Firibgarlik" haqidagi moddasining 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatga aloqadorlikda gumon qilinmoqda. Ushbu jinoyat uchun 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
Jinoyat ishining tafsilotlari oshkor qilinmagan. Agar siz qidiruvda bo'lgan fuqaroning joylashuvi haqida ma'lumotga ega bo'lsangiz, iltimos, bu haqda "102" qisqa telefon raqamiga yoki eng yaqin ichki ishlar bo'limiga xabar bering.
Shuningdek, hududingizdagi profilaktika inspektoriga murojaat qilishingiz mumkin. Idora fuqarolarni befarq bo'lmaslikka chaqirdi.
Har qanday ma'lumot gumon qilinayotgan shaxsni topishda muhim ahamiyatga ega bo'lishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar