date

Voyaga yetmaganlarga bank kartasi ochishga ruxsat berildi


O‘zbekistonda 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarga mustaqil ravishda bank kartasi ochish huquqi berildi. Adliya vazirligi tegishli qarorni 11-noyabr kuni ro‘yxatdan o‘tkazdi.

14 yoshdan kichik bolalarga esa karta ota-ona yoki qonuniy vakillarning yozma roziligi asosida ochilishi mumkin. Mazkur hujjat mijozlarga taklif etiladigan bank kartalari turlarini kengaytirdi: endilikda o‘zini o‘zi band qilganlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun biznes kartalar, nafaqa va boshqa to‘lovlar uchun ijtimoiy kartalar joriy etiladi.

Shuningdek, banklar oldindan tayyorlangan kartalarni chiqarishi mumkin, ular foydalanuvchi tasdiqlovidan so‘ng mobil ilova orqali faollashtiriladi. Yangi qoidalar korxonalarga ichimlik suvi va oqova suv xizmatlarini korporativ kartalar yordamida to‘lash imkonini ham beradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Voyaga yetmaganlarga bank kartasi ochishga ruxsat berildi