date

Toshkentda Matiz maktab o'quvchisini urib qochdi


Toshkent shahrining Mirzo Ulug'bek tumanida maktab o'quvchisini Matiz avtomobili urib, haydovchi voqea joyidan qochib ketdi. Bu haqda jabrlangan qizning onasi xabar berdi.

Oilaning so'zlariga ko'ra, hodisa 14-noyabr kuni ertalab soat 08:15 atrofida, Ahmad Yugnakiy mahallasida, Family Market yaqinida sodir bo'lgan. Qizning aytishicha, uning yelkasida og'riq bor.

Kuzatuv kameralarida Matiz avtomobilining tor mahalla yo'lidan harakatlanib, maktab o'quvchisini urib ketgani qayd etilgan. Avtomobil chap tomonda yetarli joy bo'lsa-da, ehtiyotsizlik bilan qizga tegib ketgan.

To'qnashuvdan so'ng mashina bir oz sekinlashgan, biroq haydovchi to'xtamasdan va bolaga yordam bermasdan voqea joyidan ketib qolgan. Qiz o'zi turib, maktabga yo'lida davom etgan.

Onasi hodisa haqida faqat qizi uyga qaytgach va voqeani aytib bergach xabar topgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda Matiz maktab o'quvchisini urib qochdi