O‘zbekiston MSKga parlament saylovi yakunlariga ta’sir qiladigan murojaatlar kelib tushmadi

O‘zbekistonda 21 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari “milliy saylov qonunchiligi talablariga, unda mustahkamlab qo‘yilgan ochiqlik, oshkoralik va muqobillik kabi demokratik tamoyillarga to‘liq mos holda o‘tkazildi”. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi (MSK) raisi o‘rinbosari Svetlana Ortiqova 25 dekabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.
Ortiqova xonimning so‘zlariga ko‘ra, parlament saylovlari qonunchilik talablari doirasida o‘tkazilganini MSK tomonidan ro‘yxatga olingan 5 ta xalqaro tashkilot – Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Butunjahon saylov organlari assosiasiyasi va Islom hamkorlik tashkiloti missiyalarining saylov yakunlari bo‘yicha baholari, qolaversa, xorijiy mamlakatlar kuzatuvchilarining OAVga bergan intervyularidagi e’tirofi ham tasdiqlaydi.
“Eng muhimi, saylovchilarimiz o‘zlarining konstitusiyaviy huquqlarini amalga oshirish uchun barcha sharoitlar mukammal yaratilganini e’tirof etishdi”, – deydi Svetlana Ortiqova.
“Shuni alohida qayd etish kerakki, Markaziy saylov komissiyasiga saylov yakunlariga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan saylov to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilganligi yuzasidan ma’lumot va murojaatlar tushmadi”, -deya qo‘shimcha qildi Svetlana Ortiqova.
Manba va foto: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing