09:58 / 25.07.2018
4 568

Farroshlikka ishga olish uchun 200 dollar so‘ragan maktab direktori qo‘lga olindi (video)

Farroshlikka ishga olish uchun 200 dollar so‘ragan maktab direktori qo‘lga olindi (video)
Hosil-2018, Abituriyent-2018, Hashar-2018 kabi bir qancha so‘zlarga ko‘zingiz tushgan bo‘lsa kerak. Pora-2018 ammo bunisi...

2018 yilning o‘tgan davrida ishga qabul qilish jarayonlaridagi korrupsiya holatlari-118 ta.

Tibbiyot sohasida-47 ta, Firibgarlar tomonidan huquq-tartibot idoralariga ishga olib kirish holatlari bo‘yicha-27 ta, Ishlab chiqarish tarmoqlarida-24 ta, Ta’lim sohasida-17 ta, Boshqa sohalarda-5 ta, Firibgarlar tomonidan fuqarolarni chet elga jo‘natish va joylashtirish-8ta, Andijon, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida-17 ta, Buxoro viloyatida-14 ta, Navoiy viloyatida-13 ta, Toshkent shahrida-12 ta, Toshkent viloyatida-8 ta, Namangan viloyatida-7 ta,Qoraqalpog‘iston va Samarqand viloyatida-5 tadan, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida-4 ta, Surxondaryo viloyatida-3 ta, Jizzax viloyatida-2 ta holat aniqlangan. Bu haqda "O‘zbekiston" telekanalida maxsus ko‘rsatuv namoyish etildi.

Bugun biz tilga olayotgan poraxo‘rlar va ularning gumashtalari jamiyatning o‘ta bir nozik xalqasiga bolta urmaganlarida buni gap deya olib chiqmasdik. O‘zingizdan qolari gap yo‘q. Bugun ishsizlik, bandlikni ta’minlash jamiyatning ochiq qolayotgan, yashirib bo‘lmay qolgan, yillar davomida madda bog‘lagan yaralaridan biri.

Yurtdoshlarimiz ish topsin, malakasiga yarasha moyana olib qozonini qaynatsin, ro‘zg‘orini obod qilsin deya eng yuqori darajalarda ozmuncha jon kuydirilmoqdami. Ish o‘rni yaratish, chet elga chiqqanda xorijlikning qosh-qovog‘iga qarab o‘tirmasin deya migratsiyani tartibga solish yo‘lida bir qancha choralar ko‘rilmoqda.

Buyog‘da esa ishga kiraman degan qorako‘zning cho‘ntagiga kimlardur qarab o‘tirsa.

Misolga o‘tamiz, ularni istagan viloyatlardan ko‘plab keltirish mumkin.

Andijon viloyati Shahrixon tumanida istiqomat qiluvchi Hamidulla Ishoqov huquq tartibot idoralariga ariza bilan murojaat qilgan fuqaroning o‘g‘lini ichki ishlar tizimiga ishga kiritaman deb 2000 AQSh dollari, qarindoshi Arabovni Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosiga ishga joylayman deb 2000 AQSh dollari so‘raydi. “Hojatbaror” bu shovvoz Shahrixon tumanidagi supermarketda 4000 AQSh dollarini olayotgan vaqtda qo‘lga tushadi.

Qorako‘l tumanidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Karomat Muxtorov fuqaro Sattor Ergashevdan kelini Nigmatullayevani maktabga farrosh qilib ishga olish uchun 200 AQSh dollarini talab qiladi. Ish joyida 100 AQSh dollari va 400 ming so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushadi.
Порахўрлар

"ФАРРОШЛИК"ка ишга олиш учун 200 доллар пора олган мактаб директори ёхуд таълим соҳасидаги порахўрлар!

Опубликовано UZBEK TV Понедельник, 23 июля 2018 г.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farroshlikka ishga olish uchun 200 dollar so‘ragan maktab direktori qo‘lga olindi (video)