09:58 / 28.07.2018
4 598

Surxondaryoda ayol besh kunlik chaqalog‘ini 5 mln. so‘mga sotmoqchi bo‘ldi

Surxondaryoda ayol besh kunlik chaqalog‘ini 5 mln. so‘mga sotmoqchi bo‘ldi
2018 yilning 26 iyul kuni fuqaro J.R.ning arizasiga asosan, Surxondaryo viloyati IIB JQB «Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish» bo‘linmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan, deb xabar bermoqda «Daryo».

Angor tumani tibbiyot birlashmasi tug‘uruqxona bo‘limida A.N. ismli ayol besh kunlik o‘g‘il chaqalog‘ini J.R.ga 5 000 000 (besh million) so‘m pul evaziga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida jinoyat ustida ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingan.

Hozirgi vaqtda Angor tumanida yashovchi A.N. ismli shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda ayol besh kunlik chaqalog‘ini 5 mln. so‘mga sotmoqchi bo‘ldi