23:38 / 07.08.2018
3 764

Markaziy Osiyo uchun yagona viza joriy etilishi muhokama qilinmoqda

Markaziy Osiyo uchun yagona viza joriy etilishi muhokama qilinmoqda
Yaqin istiqbolda Markaziy Osiyo davlatlari uchun yagona viza joriy etilishi ustida ish olib borilyapti. Hozircha bu tashabbus O‘zbekiston va Qozog‘iston rasmiylari o‘rtasida muhokama qilingan bo‘lsada, yaqin qo‘shnilar Tojikiston, Qirg‘iziston ham bunga katta qiziqish bildirmoqda.

Bu haqda Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasining 2018 yil birinchi yarim yilligidagi faoliyati va kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida aytib o‘tildi.

Tashkilotchilar bu tashabbusni yurtimizga kelayotgan sayyohlik oqimini yanada kuchaytirishga xizmat qilishini ta’kidladilar. “Silk road visa” xorijlik mehmonlarga qadimiy Buyuk ipak yo‘lida joylashgan durdona shaharlar tarixi bilan yaqindan tanishish va bugungi kunidan bahramand bo‘lish imkonini beradi.

Shuningdek, tadbirda qo‘mita tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining vazirlik zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish bo‘yicha faoliyati to‘g‘risidagi axboroti eshitilgani eslab o‘tildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Markaziy Osiyo uchun yagona viza joriy etilishi muhokama qilinmoqda